Kannavaro yiliga 4 mln yevro maosh olishi boʻyicha xabarlarni rad etdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.

Fabio Kannavaro yiliga 4 mln yevro maosh olishi boʻyicha xabarlarni rad etdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida italiyalik mutaxassis ularning barcha savollariga javob berdi.
Maosh haqidagi savollardan soʻng, murabbiy uning Oʻzbekistonda 4 million dollar ishlab topishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Kannavaro shuningdek, u bilan birga kelgan milliy terma jamoa murabbiylaridan biri mutlaqo bepul ishlashini taʼkidladi.
"Ronaldo Bryanka, hujumchilar murabbiyi sanaladi. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasida bepul ishlaydi", dedi murabbiy.
Eslatib oʻtamiz, Kannavaro 2025 yil kuzidan beri terma jamoani boshqarib keladi.
