14 hududda Xalq qabulxonalari mudirlariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Ularning qariyb yarmini (6 nafari) ayollar tashkil qiladi. Hokimlar bir vaqtning oʻzida hududiy qabulxonalar mudirlari hisoblanadi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirigʻiga koʻra, 14 ta hududda Xalq qabulxonalari mudirlariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.
Eʼtiborlisi, ularning qariyb yarmini (6 nafari) ayollar tashkil qiladi.
Prezidentimizning PF-51-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida mazkur lavozimlarga masʼuliyatli, tajribali, aholi bilan doimiy jonli muloqotda boʻlgan, hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtira oladigan kadrlar tanlandi.
Hududiy Xalq qabulxonalari mudirlariga yangi tayinlangan oʻrinbosarlar:
Nilufar Allabergenova – Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Sultonbay Berdikilichov – Xorazm viloyati;
Firuza Ibragimova – Buxoro viloyati;
Qabirdin Abdiazizov – Navoiy viloyati;
Xurshid Ochilov – Samarqand viloyati;
Bayrambek Uzakov – Jizzax viloyati;
Dilshunos Abdullayeva – Sirdaryo viloyati;
Davlatmurod Ravshanov – Qashqadaryo viloyati;
Abduhoshim Abdullayev – Fargʻona viloyati;
Bahodir Yusupov – Namangan viloyati;
Nasiba Kulbekova – Toshkent viloyati;
Dilbar Suvonova – Surxondaryo viloyati;
Muqaddasxon Sultonova – Andijon viloyati;
Tolibjon Orziyev – Toshkent shahar.
Eslatma: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning oʻzida hududiy Xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
