Poytaxtda avtomobillarni evakuatsiya qilish toʻlovi chegarasi belgilandi
Maxsus transport vositasida avtomobilni evakuatsiya qilish va tashishning har bir kilometri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, avtomobilni saqlash uchun esa har bir sutkaga BHMning 20 foizi miqdorida haq undiriladi.

Toshkentda hokim qarori bilan avtomobillarni evakuatsiya qilish va ularni jarima maydonchasida saqlash uchun toʻlovning eng yuqori miqdorlari belgilandi.
Bu haqda Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
maxsus transport vositasida avtomobilni evakuatsiya qilish va tashishning har bir kilometri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, avtomobilni saqlash uchun esa har bir sutkaga BHMning 20 foizi miqdorida haq undiriladi.
Bunda avtomobilni jarima maydonchasiga evakuatsiya qilishning umumiy qiymati BHMning 4 baravaridan oshmasligi kerak.
"Yagona cheklangan tariflarning joriy etilishi tizimni yanada tushunarli va shaffof qilishga, fuqarolarni asossiz hisob-kitoblardan himoyalashga va ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslikka imkon beradi", — deyildi markaz xabarida.
«Avtomobillar piyodalar yoʻlaklarini, oʻtish joylarini va boshqa jamoat joylarini toʻsib qoʻymasligi lozim. Qulay shahar harakatning barcha ishtirokchilariga oʻzaro hurmatdan boshlanadi. Yoʻlaklar — piyodalarga, yoʻllar — transportga, qoidalar esa barcha uchun yagona va tushunarli boʻlishi shart", deyiladi xabarda.
