Londonda soʻnggi 155 yilda ilk bor yogʻingarchiliksiz oy kuzatildi
Yevropada jazirama va qurgʻoqchilik kuchaydi. YeIning eng yirik daryosi — Dunayda suv sathi rekord darajada pastga tushdi.

Buyuk Britaniya poytaxtida soʻnggi 155 yilda ilk bor yogʻingarchiliksiz oy kuzatildi.
Londondagi Qirollik botanika bogʻidagi Kyu meteorologiya stansiyasi 1871 yildan beri birinchi marta bir kalendar oyi davomida yogʻingarchilik qayd etmadi.
Semafor nashri maʼlumotlariga koʻra, Atrof-muhit agentligi Londonning janubi-gʻarbiy qismida shunga oʻxshash koʻrsatkichlarni qayd etgan.
Milliy meteorologiya idorasi nashrga kelgusi haftalarda kuchli yoki uzoq muddatli yogʻingarchilik alomatlarini koʻrmayotganini maʼlum qildi.
Yevropaning katta qismida issiqlik va yogʻingarchilikning yoʻqligi kuzatilmoqda. Niderlandiyada qurgʻoqchilik tufayli kanallar yopildi va kanallar, soylar va ariqlardan suv olish taqiqlandi.
Yevropa Ittifoqining eng yirik daryosi - Dunayda suv sathi rekord darajada pastga tushdi, bu esa Vengriyadagi Paksh atom elektr stansiyasining bir nechta energiya bloklarini oʻchirishga majbur qildi. Moldovada Dnestr daryosining suv sathi pastligi sababli ichimlik suvidan foydalanish cheklangan.
