platina.uz
Jamiyat

Formali kiyim-boshlar bilan bogʻliq qoidalar yanada tartibga solinadi

Harbiy yoki idoraviy kiyim-boshga oʻxshash hamda unga xos farqlovchi belgilar va (yoki) ramzlarga ega formani kiyib yurganlik yoki joriy etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi. 

Formali kiyim-boshlar bilan bogʻliq qoidalar yanada tartibga solinadi

Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar davlat tuzilmalari xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga davlat organlarining tasdiqlangan harbiy yoki idoraviy formali kiyim-boshiga adashtirib yuborish darajasida oʻxshash hamda unga xos farqlovchi belgilar va (yoki) ramzlarga ega formali kiyim-boshni kiyib yurganlik yoki joriy etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Ushbu normalar, eng avvalo, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga, davlat organlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Muhokamalar davomida qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida uning normalari masʼul qoʻmita va deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida batafsil muhokama qilinib, deputatlar takliflari asosida hujjat matni yanada takomillashtirilgani taʼkidlandi.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi formali kiyim-boshlar bilan bogʻliq qoidalarni yanada tartibga solishga, ularni qonunga xilof ravishda kiyib yurish yoki joriy etish hollarining oldini olishga, mazkur qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid