platina.uz
Jamiyat

4,7 mlrd soʻm byudjet pullari keshbek sifatida talon-toroj qilindi

Prokuratura departamenti va Soliq qoʻmitasi Toshkent shahrida tekshiruvlar oʻtkazdi. 

4,7 mlrd soʻm byudjet pullari keshbek sifatida talon-toroj qilindi

Toshkent shahrida 4,7 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari keshbek sifatida talon-toroj qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “G.M.” MChJ masʼul shaxslari kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda goʻyoki 76,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar xarid qilganligi yuzasidan soxta maʼlumotlar rasmiylashtirib, savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida soxta xarid cheklarini chiqargan. Soʻngra ushbu cheklarni “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali 2 475 nafar ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslarga 70-150 ming soʻmdan sotib, 7,5 mlrd soʻm “Soliq Mobile” ilovasi orqali keshbek sifatida hisoblanib, shundan 4,1 mlrd soʻm toʻlab berilib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda “E.G.” va “I.F.” MChJlarning masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda goʻyoki 10 mlrd soʻmlik mahsulotlar xarid qilganligi yuzasidan soxta maʼlumotlar rasmiylashtirib, savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida soxta xarid cheklarini chiqargan. Soʻngra ushbu cheklarni “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali 1 812 nafar ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxsga 100-150 ming soʻmdan sotib, 1 mlrd soʻm “Soliq Mobile” ilovasi orqali "Keshbek" sifatida hisoblanib, shundan 640,8 mln soʻm toʻlab berilib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid