platina.uz
Jamiyat

Toshkentda murojaatlar bilan ishlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan 8 xodim ishdan olindi

Birinchi yarim yillikda shahar aholisidan jami 58,8 mingta murojaat tushgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 13 foizga koʻp. ​Aliment undirish, surishtiruv va tergov jarayonlari, ijro hujjatlari asosiy masalalar qatoridan joy olgan. 

Toshkentda murojaatlar bilan ishlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan 8 xodim ishdan olindi

Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi poytaxtda murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrgandi.

Birinchi yarim yillikda shahar aholisidan jami 58,8 mingta murojaat tushgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 13 foizga koʻp.

Shaharda jamoaviy murojaatlar soni 1206 ta boʻlib, 74 foizga oshgan, takroriy murojaatlar soni esa 144 foizga ortgan (6,7 mingta).

​Jamoaviy murojaatlarda asosan surishtiruv va tergov, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, oʻzboshimcha (noqonuniy) qurilishlar, huquqbuzarliklar, firibgarliklar, qurilish normalari va qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan.

​2025 yilning mos davriga nisbatan 2026 yilda poytaxtda aliment undirish, surishtiruv va tergov, ijro hujjatlari boʻyicha qarz undirish, huquqbuzarliklar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha murojaatlar koʻpaygan.​

Aholini eng koʻp qiynayotgan top-7 masala:

​Aliment undirish

​Surishtiruv va tergov jarayonlari

​Ijro hujjatlari boʻyicha qarz undirish

​Sodir etilgan huquqbuzarliklar

​Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati

​Bogʻchaga joylashtirish (qabul navbati)

​Elektr taʼminotidagi uzilishlar.

​Murojaatlar bilan ishlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani hamda qonunbuzilish holatlari uchun bir qator mansabdor va xodimlarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilgan:

​8 nafar xodim lavozimidan ozod etildi;

​1 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortildi;

​18 nafar xodimga «hayfsan» berildi;

​3 nafar xodimning oylik ish haqidan jarima ushlab qolindi;

​32 nafar xodim rasman ogohlantirildi.

6 oylik yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishda jamoaviy va takroriy murojaatlar asosida ularda koʻtarilayotgan muammolar qachon hal etilishi boʻyicha aholiga aniq va toʻgʻri maʼlumotlar berib borish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

Mutasaddilarga eng koʻp murojaat tushgan mahallalarda yashovchi fuqarolarning ariza-shikoyatlarini chuqur tahlil qilib, ularda aholi kayfiyatini yaxshilash choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

​Yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshligʻi Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri oʻrinbosari etib tayinlangan Tolibjon Orziyevni yigʻilish ishtirokchilariga tanishtirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid