platina.uz
Jamiyat

Saida Mirziyoyeva: “Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazo kuchaytirildi”

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga joriy yil 28 iyunidan yanada keskin jazo choralari koʻrishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi. Shu yil 25 mart kuni esa ushbu qonun qabul qilingandi. 

Saida Mirziyoyeva: “Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazo kuchaytirildi”

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun jazo choralari kuchaytirilganini maʼlum qildi.

Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga nisbatan joriy yilning 28 iyunidan yanada keskin jazo choralari koʻrishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.

Endilikda bunday qilmishlar uchun maʼmuriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.

Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.

"Barchamiz zoʻravonlikka murosasiz munosabatda boʻlsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga boʻysunadigan sogʻlom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. Oʻzgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy masʼuliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam oʻz kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi notoʻgʻri ekanini farzandlariga oʻrgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman", deya taʼkidladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz boʻlakcha", — deydi Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid