platina.uz
Jamiyat

"Issiqlik taʼminoti" mansabdorlari soxta maʼlumotlar asosida salkam 13 mlrd soʻm subsidiya ajratgani aniqlandi

Ular Fargʻona viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarda yetkazib berilgan issiqlik hajmini sunʼiy oshirib koʻrsatishgan. 

"Issiqlik taʼminoti" mansabdorlari soxta maʼlumotlar asosida salkam 13 mlrd soʻm subsidiya ajratgani aniqlandi

Fargʻona viloyatida soxta maʼlumotlar bilan 12,9 mlrd soʻmlik subsidiya ajratilganligi holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda Fargʻona viloyati "Issiqlik taʼminoti" MChJ mansabdor shaxslari 2024–2025 yillar hamda 2026 yilning yanvar–may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan boʻlsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga goʻyoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta maʼlumotlar kiritgan. Soʻngra byudjetdan 12,9 mlrd soʻm ortiqcha subsidiya mablagʻlari ajratilishiga erishib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid