platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Serjant Xayitbek Karimjonov ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Fargʻonada mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Fargʻonada mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi, natijada u vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yil 31 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda Oʻzbekiston tumani “Oʻqchi” MFY hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlining 20-kilometrida ayanchli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

1996 yilda tugʻilgan haydovchi A.E. mast holda “Spark” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan boʻlgan. U tungi xizmatni olib borayotgan Fargʻona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori, serjant Xayitbek Karimjonovning toʻxtash haqidagi qonuniy talabiga boʻysunmasdan uni urib yuborgan.

Oqibatda serjant Xayitbek Karimjonov ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Serjant Xayitbek Karimjonov 2022 yildan IIOda xizmat qilgan. Uning ortidan qadrli onasi, suyukli ayoli, 2 nafar farzandlari qoldi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi YPX inspektorini urib yuborgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid