platina.uz
Jamiyat

AQShdan deportatsiya qilingan 18 oʻzbekistonlik Toshkentga keltirildi

Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish boʻyicha choralar koʻrilgan. 

AQShdan deportatsiya qilingan 18 oʻzbekistonlik Toshkentga keltirildi

AQSh migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani uchun deportatsiya qilingan 18 nafar Oʻzbekiston fuqarosi bugun maxsus charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Hamyurtlarimizning vatanga qaytarilishi Oʻzbekiston va AQShning vakolatli idoralari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar natijasida amalga oshirildi.

Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda ularning xavfsiz qaytarilishini taʼminlash boʻyicha barcha choralar koʻrildi.

Oʻzbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tugʻilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilishini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid