platina.uz
Jamiyat

“Andijon suv taʼminoti” filiali boshligʻi qoʻlga olindi

U fuqaro xonadoniga kanalizatsiya tarmogʻi oʻrnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib 8,5 ming dollar olgan. 

“Andijon suv taʼminoti” filiali boshligʻi qoʻlga olindi

“Andijon suv taʼminoti” AJ Jalaquduq tumani filiali boshligʻi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “Andijon suv taʼminoti” AJ Jalaquduq tumani filiali boshligʻi K.T. fuqaro B.A.ning “Tuyalas” MFY hududidagi xonadoniga kanalizatsiya tarmogʻi oʻrnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib, K.T.ning topshirigʻiga koʻra 8 500 AQSh dollarini fuqaro M.Sh. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid