Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov raisligida Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Videokonferensaloqada Mudofaa vaziri Sh.Xalmuxamedov, Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikramov, Milliy gvardiya qoʻmondoni B.Tashmatov, IIV Qorovul qoʻshinlari va DXX Chegara qoʻshinlari, Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha harbiy okrug, qoʻshilma, harbiy qism, muassasa, doimiy nazorat-tekshiruv idoralari, shuningdek, harbiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqotda joriy yilning oʻtgan davrida qoʻshinlarning qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati koʻrib chiqildi.
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga alohida urgʻu berildi.
Sohalarni raqamlashtirish ishlari, shuningdek, kiberxavfsizlikni, harbiy xizmatchilarning huquqlarini, oila aʼzolarining bandligini va ijtimoiy himoyasini taʼminlash, salomatligini saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bu jabhalarda hamkorlikdagi tadbirlar muhokama qilindi.
Yakunida, koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
