platina.uz
Sport

Prezident Qirgʻizistonda suv-motor sporti boʻyicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida oʻtkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur boʻlgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. 

Prezident Qirgʻizistonda suv-motor sporti boʻyicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston Prezidentlari Issiqkoʻlda suv-motor sporti boʻyicha Qirgʻiziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Yetakchilar musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida oʻtkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur boʻlgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilmoqda.

Dasturdan mashgʻulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga oʻrin olgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid