platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi?

Suyultirilgan gaz birja savdosining yangi qoidalari joriy etiladi, Toshkent shahri va viloyatning bir qator tumanlarida issiqxonalar uchun gaz taʼminotida cheklovlar oʻrnatiladi. 

Oʻzbekistonda 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi?

Oʻzbekistonda 1 avgustdan nimalar oʻzgarishi boʻyicha maʼlum berildi.

2026 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhi taqdim etildi.

Jumladan, suyultirilgan gaz birja savdosining yangi qoidalari joriy etilmoqda.

Toshkent shahri va viloyatning bir qator tumanlarida issiqxonalar uchun gaz taʼminotida cheklovlar oʻrnatilmoqda.

Biznesning barcha tekshiruvlari faqat QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtgan holda oʻtkaziladi.

"Aqlli" bogʻlarga" – soliq imtiyozi.

Avtomobilni jarima maydonchasidan QR-kod orqali qaytarish mumkin.

Baliqchilik xoʻjaliklari uchun yangi imtiyoz va preferensiyalar joriy etilmoqda.

Soliqchilarni mijozlarga yoʻnaltirilganlik darajasiga qarab baholash mumkin boʻladi.

Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazishda tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmidan foydalaniladi.

Tuman fermerlar kengashlari huzuridagi Hisob va hisobot markazlari yosh fermerlarning buxgalteriya hisobini 2 yil davomida bepul yuritadi.

Sanoat xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqida xabar berganlik uchun jarima summasining 20 foizi toʻlanadi.

Arxivlar ishi raqamlashtirilmoqda.

Eski avtomobillarni topshirish uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga olish majburiy boʻladi.

Kamyob hayvonlarni ovlashga vaqtinchalik moratoriy joriy etilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid