platina.uz
Jamiyat

“Hududgaztaʼminot” va “Texnopark” masʼullari 19 mlrd soʻm byudjet mablagʻini oʻzlashtirgani aniqlandi

Pullar elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat koʻrsatish niqobi ostida talon-toroj qilingan. 

“Hududgaztaʼminot” va “Texnopark” masʼullari 19 mlrd soʻm byudjet mablagʻini oʻzlashtirgani aniqlandi

Toshkent shahrida 19,9 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻining talon-toroji fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “Hududgaztaʼminot” AJ va “Texnopark” MChJning masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, goʻyoki elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat koʻrsatish maqsadida 19 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, “Texnopark” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan isteʼmolchilarga oʻrnatilgan 273 dona gaz hisoblagich koʻrsatkichlarining kam hisoblanganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 mln soʻmlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid