Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga bordi
Choʻlponota shahridagi “Issiqkoʻl” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga keldi.
Choʻlponota shahridagi “Issiqkoʻl” xalqaro aeroportida ularni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun yetakchilar muzokara davomida Oʻzbekiston – Qirgʻiziston strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladilar.

Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
