Samarqandda sanitariya boʻlimi mansabdori pora bilan qoʻlga tushdi
U tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln soʻm talab qilgan.

Sanitariya xulosasi evaziga pora talab qilindi.
Samarqand viloyati Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining boʻlinma boshligʻi oʻzining mansabdor tanishlari orqali yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln soʻm talab qilgan.
Avvalroq 100 AQSh dollari va 500 ming soʻm olgan mazkur shaxs soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 400 AQSh dollari olgan vaqtida DXX, IJQKD va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
