platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi qator qurilish kompaniyalarini jarimaga tortdi

Ular ulush kiritish asosida qurilayotgan obʼektlarni reklama qilishda qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan. 

Raqobat qoʻmitasi qator qurilish kompaniyalarini jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi qator qurilish kompaniyalarini jarimaga tortdi.

Prezidentning 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritmagan holda qurilish obʼektlarini reklama qilish taqiqlanadi.

Shunga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan oʻrganishlarda “Elita Stroy Building” MChJ va “Glamur Gold” MChJ qurilish korxonalarining qurilish majmualari elektron roʻyxatga kiritilmaganligi, biroq ushbu turar joy majmualari ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi aniqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud boʻlmagan tovarlarni reklama qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Elita Stroy Building” MChJ va “Glamur Gold” MChJlar Qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan deb topilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatini toʻxtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid