platina.uz
Siyosat

Prezident Qirgʻizistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida ishtirok etdi

Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Prezident Qirgʻizistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida ishtirok etdi

Choʻlponota shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirgʻizistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari qardosh Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va xalqini yangi obʼektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid