platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi

Ikki davlat chegarasining uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma ham imzolandi. 

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Shu jumladan:

– Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasining uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma;

– “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida bitim;

– Davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisida bitim;

– Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim;

– Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bayonnoma;

– Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;

– Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xoʻjaligi obʼektlari toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;

– 2026-2027 yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;

– 2026-2027 yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi qoʻshma harakatlar rejasi;

– Qirgʻiz Respublikasi Issiqkoʻl viloyati Ton tumanida joylashgan “Boʻston” pansionati toʻgʻrisida shartnoma;

– 2026-2027 yillarga moʻljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid