Omonatdan olinadigan foiz daromadlariga soliq solish taklif etildi: Markaziy bank izohi
Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar bir yil davomida qariyb 27,2 trillion soʻm foiz daromadi olishi mumkin. Ushbu summaga 5 foiz soliq qoʻllansa, byudjet tushumi taxminan 1,36 trillion soʻmni yoki yaxlit hisobda 1,4 trillion soʻmni tashkil etadi.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan "Fiskal muloqot" tadbirida omonatdan olinadigan foiz koʻrinishidagi daromadlarga soliq solish taklif etildi.
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilingan tadbirda institut omonat foizlari boʻyicha amaldagi soliq imtiyozini bekor qilish tashabbusini ilgari surgan.
Institut hisob-kitobida omonatlarning oʻrtacha yillik daromadliligi 16 foiz deb olingan. Bunday sharoitda jismoniy shaxslar bir yil davomida qariyb 27,2 trillion soʻm foiz daromadi olishi mumkin. Ushbu summaga 5 foiz soliq qoʻllansa, byudjet tushumi taxminan 1,36 trillion soʻmni yoki yaxlit hisobda 1,4 trillion soʻmni tashkil etadi.
Markaziy bank mazkur masala yuzasidan izoh berib chiqdi.
"Ilmiy-tadqiqot muassasalari xalqaro tajriba va iqtisodiy jarayonlarni muntazam oʻrganib, turli tahliliy takliflarni ilgari surishi tabiiy.
Mazkur fikr ilmiy-tadqiqot natijalari taqdimoti doirasida bildirilgan boʻlib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.
Markaziy bank takliflarni oʻrganishda ularning moliyaviy resurslar qiymatiga, banklarning resurs bazasi hamda moliyaviy barqarorlikka taʼsirini kompleks baholashga alohida ahamiyat qaratadi", deylidai munosabatda.
