platina.uz
Jamiyat

Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumani sobiq soliq rahbarlariga qarshi sud boʻlib oʻtmoqda

Dilshod Usmanov Mirzo Ulugʻbek tumani soliq inspeksiyasi binosining bir qismini shaxsiy maqsadlarda ijaraga berib, 315 million soʻm mablagʻni oʻzlashtirgani, shuningdek, ish faoliyatida guruhbozlik va maishatbozlikka yoʻl qoʻygani qayd etilgandi. 

Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumani sobiq soliq rahbarlariga qarshi sud boʻlib oʻtmoqda

Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumani soliq inspeksiyalari sobiq rahbarlarining ishi sudda koʻrilmoqda

Joriy yil 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Mirzo Ulugʻbek tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Dilshod Usmanovga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum qilingan edi.

Yigʻilishda u inspeksiya binosining bir qismini shaxsiy maqsadlarda ijaraga berib, 315 million soʻm mablagʻni oʻzlashtirgani, shuningdek, ish faoliyatida guruhbozlik va maishatbozlikka yoʻl qoʻygani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Prezident topshirigʻiga asosan Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Xojiakbar Mullajanovni lavozimidan ozod etish, uning faoliyatini oʻrganish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish belgilangan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda Dilshod Usmanov va Xojiakbar Mullajanovga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida koʻrib chiqilmoqda.

Dilshod Usmanovga Jinoyat kodeksining 165-modda 1-qismi (tovlamachilik); 167-modda 3-qismi “a” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish); 205-modda 2-qismi “a” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) boʻyicha ayblov qoʻyilgan.

Xojiakbar Mulladjanovga Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi “a” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish); 205-modda 2-qismi “a” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) boʻyicha ayblov eʼlon qilingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid