Taqiq yoki xatlov qoʻyilgan uyga onlayn roʻyxatga turish imkoni yaratildi
Bunda pasport stoliga borish va navbat kutish shart emas. Barcha jarayonlarni uyda oʻtirgan holda, my.gov.uz orqali onlayn bajarish mumkin.

Taqiq yoki xatlov qoʻyilgan uyga onlayn roʻyxatga turish imkoni yaratildi.
Endilikda taqiq yoki xatlov qoʻyilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz yashash joyi (doimiy) yoki turgan joyi (vaqtincha) boʻyicha roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratildi.
Ushbu qulaylik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 iyuldagi PQ–265-son qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etildi.
Pasport stoliga borish va navbat kutish shart emas. Barcha jarayonlarni uyda oʻtirgan holda, my.gov.uz orqali onlayn bajarish mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun:
my.gov.uz portaliga kirib, qidiruv satriga quyidagi xizmat nomlaridan birini yozing:
Yashash joyi boʻyicha (doimiy) roʻyxatdan oʻtkazish: my.gov.uz/uz/service/363
Turgan joyi boʻyicha (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtkazish: my.gov.uz/uz/service/187
Muhim eslatma: Mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiq qoʻyish/bekor qilishga masʼul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida fuqaroning roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinishi mumkin.
