platina.uz
Jamiyat

Tailanddan uchib kelgan chet el fuqarosi yonidan narkotik modda topildi

Toshkent aeportida 8 dona turli xil shirinliklar paketlari va 5 dona plastmassa idishlar ichida jami 4,4 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlandi. 

Tailanddan uchib kelgan chet el fuqarosi yonidan narkotik modda topildi

Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik narkotik musodara qilindi.

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xorijdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi.

Jumladan, “Bangkok – Sharja – Toshkent” aviayoʻnalishida mamlakatimizga kelgan 1994 y.t. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining qoʻl sumkalari Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada, 8 dona turli xil shirinliklar paketlari va 5 dona plastmassa idishlar ichida jami 4,4 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, internetdagi narkodoʻkon boshqaruvchisi topshirigʻiga koʻra, ushbu ajal ogʻusini poytaxtdagi mehmonxonalardan birida Yangiyoʻl shahrida yashovchi, 2006 y.t. shaxsga bergan vaqtida u ham qoʻlga olindi.

Tekshiruv jarayonida mahalliy fuqaro yonida pnevmatik pistolet borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid