Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga yetib bordi
Ostona shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Ostona shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
