platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga boradi

Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. 

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30 iyul – 1 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid