platina.uz
Jahon

Rossiya Pavel Durovni terrorizmga koʻmaklashishda ayblab chiqdi

Ukraina razvedka xizmatlari "Rossiyada terroristik hujumlar va ommaviy qotilliklarni tayyorlash" uchun Telegram kanallaridan foydalangani aytilgan. 

Rossiya Pavel Durovni terrorizmga koʻmaklashishda ayblab chiqdi

Pavel Durov terrorizmga yordam berishda ayblanmoqda. Bu haqda TASS Federal xavfsizlik xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Telegram asoschilaridan biri Pavel Durov Rossiyada terrorizmga yordam berishda ayblanmoqda, deb xabar beradi TASS davlat axborot agentligi xavfsizlik xizmatining press-reliziga tayanib.

TASS shuningdek, Rossiya Pavel Durovni terrorizmga yordam berishda ayblanib xalqaro qidiruvga berish boʻyicha ish boshlaganini xabar qilmoqda.

Durovga qarshi qoʻzgʻatilgan jinoiy ish Ukraina razvedka xizmatlari tomonidan "Rossiyada terroristik hujumlar va ommaviy qotilliklarni tayyorlash" uchun foydalanilgan kanallarning faoliyati bilan bogʻliq.

Ular "Dayvinchik" chatboti orqali "terroristik faoliyat bilan shugʻullanishgan".

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid