Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz miqdorida saqlab qoldi
Yillik umumiy inflyatsiya iyun oyida 6,4 foizga, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizga yetgan.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz miqdorida saqlab qoldi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Maʼlum qilinishicha, yillik umumiy inflyatsiya iyun oyida 6,4 foizga, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizga yetgan. 2026 yil yakunida inflyatsiya 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy oʻsish esa 7,5–8 foiz boʻlishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, iyun oyida energiya resurslari va koʻmir narxlarining oshishi inflyatsiyaga qisqa muddatli bosim oʻtkazgan.
Pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilganini taʼkidlandi.
Asosiy stavka boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026 yil 16 sentabr kuni oʻtkaziladi.
