platina.uz
Jamiyat

Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan mingdan oshiq bemorga tezkor davolanish vaucheri berildi

Respublika boʻylab davolash va jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 12 650 nafar bemor davolanish uchun roʻyxatga olindi. 

Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan mingdan oshiq bemorga tezkor davolanish vaucheri berildi

Prezidentning 2026 yil 21 maydagi PQ-196-son qarorida bemorlarda tibbiy tekshiruv, davolash va jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi belgilangan.

Bugungi kungacha ushbu masalada yordam soʻrab Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat yoʻllagan fuqarolar orasidan kechiktirib boʻlmaydigan 1076 nafar bemor vaucherlar bilan taʼminlandi.

Shundan 629 nafar bemorga yordam koʻrsatilgan, 449 nafari roʻyxatga olingan va 180 nafari davolanishda.

Respublika boʻylab davolash va jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 12 650 nafar bemor davolanish uchun roʻyxatga olindi. Ulardan 10 190 nafari (80,5 foiz)ga vaucher yetkazildi. Shuningdek, 1 076 nafar fuqaro Prezident Xalq qabulxonasi orqali murojaat qilgan.


Hozirga qadar 6 743 nafar (66,1 foiz) bemor uchun davolanish yoʻllanmalari rasmiylashtirildi. Natijada 4 718 nafar (37,5 foiz) bemor davolanib, sogʻaygan holda shifoxonalardan chiqarildi.

Dastur doirasida jami 1 594 nafar bemorga 24,1 milliard soʻmlik davolash xizmatlari koʻrsatildi.

Bolalar jarrohligi yoʻnalishida 5 200 nafar bolaga yoʻllanma berildi, 5 184 nafari shifoxonaga yotqizildi va 4 405 nafar bolada jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Onkologik, gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash boʻyicha 1 351 nafar bemorga yoʻllanma rasmiylashtirildi. Ulardan 1 304 nafari shifoxonaga yotqizilib, 341 nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, jigar va buyrak transplantatsiyasi yoʻnalishida 198 nafar bemor shifoxonaga yotqizildi hamda 114 nafar bemorda transplantatsiya operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid