Raqobat qoʻmitasi qator blogerlarni ogohlantirdi
“Tashabbusli byudjet” doirasida norasmiy Telegram-botlar orqali haq evaziga ovoz berish mumkinligi haqidagi chalgʻituvchi reklamalar yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan.

Raqobat qoʻmitasi qator blogerlarni ogohlantirdi.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida norasmiy Telegram-botlar orqali haq evaziga ovoz berish mumkinligi haqidagi chalgʻituvchi reklamalar yuzasidan oʻrganishlar olib borildi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha utkir_shodmonov (Oʻtkir Shodmonov), Mominlive.1 (Abdurasul Ibroximov), Aslbek_emir (Amirov Asilbek) va jasjannew (Jasur Shodiyev) kabi blogerlarga ogohlantirish va tushuntirishlar berildi hamda tegishli choralar koʻrilib, reklamalar olib tashlandi.
Fuqarolardan ovoz berishda faqat "Ochiq budjet" axborot portali, uning rasmiy mobil ilovalari va Telegram-botidan foydalanish, norasmiy takliflarga ishonmaslik soʻraladi, deyiladi xabarda.
