Prezident 29 iyul kuni Qozogʻistonga boradi
Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 29 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak oʻyinlari” oʻzida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29 iyuldan 9 avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida oʻtkaziladi.
