platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab Sanepidqoʻmita tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi

Samarqandda vrach non sexiga sanitar gigiyenik xulosasini rasmiylashtirib berishini aytib, 400 dollar olgan. 

Oʻzbekiston boʻylab Sanepidqoʻmita tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi

Oʻzbekiston boʻylab Sanepidqoʻmita tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Guliston shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokor yordamchisi M.A. goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali “M.M.” MChJ tomonidan tayyorlanadigan tayyor ovqat mahsulotiga ijobiy xulosa olib berishi evaziga 300 AQSh dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toyloq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toyloq tuman boʻlimi sanitar vrachi F.B. 9 mln soʻm evaziga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali YaTT "S.E."ning non mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga sanitar gigiyenik xulosasini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tekshiruvda muqaddam 100 AQSh dollari va 500 ming soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi boʻlimi xodimi Gʻ.A. fuqaro B.D.ga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Urganch shahrida umumiy ovqatlanish shoxobchasi ochish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berishi va 6 oy davomida jarima qoʻllamaslikni vaʼda qilib, 2,4 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi boʻlimi shifokor yordamchisi A.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.O.ning nomiga shahar hududida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini ochish uchun ijobiy xulosa olib berish evaziga 1,2 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid