platina.uz
Jamiyat

Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyaga oʻtkaziladi

2027 yil 1 apreldan boshlab ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun byudjet tashkilotlariga respublika boʻyicha bir xil tariflar belgilanadi. 

Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyaga oʻtkaziladi

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimi yanada yaxshilanadi.

“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–140-son, 24.07.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 sentabrdan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Jamiyat)ga foydalanish uchun topshiriladigan barcha ichimlik suvi va oqova suv infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari “Dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” elektron platformasida aks ettiriladi.

Jamiyat va uning tizim korxonalari oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida tor doiradagi malaka oshirish, oʻqitish va ekspluatatsiyaga oid shartnomaviy munosabatlar toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi.

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv sohasidagi yangi loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) qarz va grant mablagʻlari oldindan xarid, retroaktiv va shu kabi boshqa moliyalashtirish usulini tanlagan holda jalb qilinadi.

2027 yil 1 yanvardan:

- markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki oʻzini oqlamaydigan hududlarda xizmat koʻrsatish alohida yondashuv asosida (maxsus texnikalarda suv yetkazib berish, shoxobchalarni tashkil etish va shu kabilar) amalga oshiriladi.

- tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga oʻtkaziladi.

2027 yil 1 apreldan boshlab ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun byudjet tashkilotlariga respublika boʻyicha bir xil tariflar belgilanadi.

Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlari boʻyicha alohida hisob-kitob yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid