platina.uz
Jamiyat

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8,2 yilga qamaldi

Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi 2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda suiisteʼmol qilish) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8,2 yilga qamaldi

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8,2 yilga qamaldi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchi Mubin Mirzayev (1969 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Soliq Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan) va boshqalarga (jami 9 nafar) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm oʻqildi.

Sudning hukmi bilan Mubin Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi 2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda suiisteʼmol qilish) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 (uch) yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 (sakkiz) yil 2 (ikki) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Boshqa sudlanuvchilar (ular orasida muqaddam bir necha marta sudlanganlar ham bor) Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 184-moddasi (soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va boshqa moddalarning tegishli qismi va bandlari bilan aybdor deb topilib, ular 4 (toʻrt) yildan 9 (toʻqqiz) yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilandi.

Tayinlangan jazolar sudlanuvchilarga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Yakunda raislik etuvchi tomonidan taraflarga sud hukmi mazmuni va unga nisbatan shikoyat berish tartibi hamda muddatlari tushuntirildi.

Eslatib oʻtamiz, Mubin Mirzayev 2026 yil yanvar oyi oxirida ishdan olingandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid