Oʻzbekistonda eng koʻp YTH kuzatiladigan hududlar maʼlum qilindi
2026 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 2 286 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Antireytingda Toshkent shahri birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonda eng koʻp YTHlar Toshkent va Samarqandda kuzatilmoqda. Yil boshidan buyon 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 2 286 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan.
YTHlar oqibatida jabrlanganlar soni 3 306 nafarni tashkil etdi.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 114 ta;
Andijon viloyati — 160 ta;
Buxoro viloyati — 48 ta;
Jizzax viloyati — 75 ta;
Qashqadaryo viloyati — 135 ta;
Navoiy viloyati — 83 ta;
Namangan viloyati — 196 ta;
Samarqand viloyati — 311 ta;
Surxondaryo viloyati — 120 ta;
Sirdaryo viloyati — 50 ta;
Toshkent viloyati — 271 ta;
Fargʻona viloyati — 218 ta;
Xorazm viloyati — 85 ta;
Toshkent shahri — 420 ta.
Eng koʻp yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahrida — 420 ta, eng kami esa Buxoro viloyatida — 48 ta qayd etilgan.
