platina.uz
Jamiyat

Mansabdorlarning qonunga xilof qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

Agar zarar yetkazilganligi uchun aniq bir shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan boʻlsa, moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi lozim.

Mansabdorlarning qonunga xilof qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

Mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi.

“Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1161-son, 27.07.2026 y.) qabul qilindi.

Qonunga koʻra, zararning oʻrnini qoplash uchun undiriladigan mablagʻlar miqdori sudning qarori asosida aniqlanadi.

Jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan pul shaklida qoplanadi.

Zararning oʻrni sudning zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq berilgan ijro varaqasiga asosan qoplanadi.

Agar zarar yetkazilganligi uchun aniq bir shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan boʻlsa, moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi lozim.

Sud qarori bilan aybdor deb topilgan shaxs oʻzi yetkazgan zararning oʻrnini undiruvchiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.

Zararning oʻrni sud qarori asosida hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari hisobidan qoplab berilganda va keyinchalik zarar yetkazgan aybdor shaxsga nisbatan qonunga muvofiq regress huquqi yuzaga kelgan taqdirda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs faoliyat yuritayotgan yoki muqaddam ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid