Energetika sohasida nazorat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi
Ahadxon Isoqjonov avval Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Energetika sohasida nazorat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
Ahadxon Ikromjonovich Isoqjonov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U avval Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Joʻrabek Mirzamahmudov ishdan olinib, Sherzod Xodjayev energetika vaziri etib tayinlangandi.
