Eldor Shomurodov kiritgan toʻp JChda 2-oʻrinni egalladi
Kabo-Verde himoyachisi Sidney Kabralning goli 2026 yilgi Jahon chempionatining eng chiroyli goli deb topildi.

Eldor Shomurodov kiritgan toʻp JChda 2-oʻrinni egalladi.
Eldor Shomurodovning Jahon chempionatida Kongo DR darvozasiga urgan goli FIFA tomonidan oʻtkazilgan “Turnirning eng chiroyli goli” soʻrovnomasida 2-oʻrinni egalladi.
Kabo-Verde himoyachisi Sidney Kabral kiritgan toʻp muxlislar tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi goli deb topildi, deb xabar beradi FIFA matbuot xizmati.
Kabo-Verde va Argentina oʻrtasidagi 1/16 final oʻyinida Afrika terma jamoasi qoʻshimcha vaqtda 3:2 hisobida magʻlub boʻldi. Kabral 103-daqiqada gol urgandi. U toʻpni darvozabon Emiliano Martines darvozasining yuqori burchagiga yoʻlladi.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodovning goli guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgandi.
