Bekmurod Abdullayev ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudida koʻriladi
Abdullayev 2021 yil aprel oyidan ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan, 2025 yil 3 noyabr kuni ishdan olingan edi.

Bekmurod Abdullayev ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudida koʻrilmoqda. Sud ishi 29 iyul kuniga belgilangan.
Ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari boʻyicha ayblanmoqda.
Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 kishiga oid ish jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudida koʻrib chiqilmoqda. Ularning koʻpchiligi (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish)da ayblanmoqda.

Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan, 2025 yil 3 noyabr kuni ishdan olingan edi.
2026 yil yanvar oyida u qamoqqa olingani boʻyicha xabarlar tarqaldi.
