Ilgiz Tantashev JChni boshqargan eng yaxshi hakamlardan biri deb topildi
Tantashev chempionatda Shotlandiya-Marokash, Jazoir-Avstriya, Paragvay-Fransiya uchrashuvlarini boshqarib bordi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Ilgiz Tantashevni Jahon chempionatida faoliyat olib borgan eng yaxshi hakamlar roʻyxatiga kiritdi.
Guruh bosqichi va pley-off doirasidagi bahslarini boshqargan oʻzbek hakami ushbu reytingning 10-pogʻonasidan joy oldi.
Tantashev chempionatda Shotlandiya-Marokash, Jazoir-Avstriya, Paragvay-Fransiya uchrashuvlarini boshqarib bordi.
Sloveniyalik Slavko Vinchich birinchi oʻrinni egalladi. AQShlik Ismail Elfath 2-oʻrindan joy oldi.
