platina.uz
Sport

Abduqodir Xusanov "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Nufuzli Transfermarkt portalining maʼlumotlariga koʻra, 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga yetgan. 

Abduqodir Xusanov "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Abduqodir Xusanov "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.

22 yoshli Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi "Siti" bilan olti yillik yangi shartnoma imzoladi.

22 yoshli futbolchining "Siti" klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Uning avvalgi shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qilgan.

2025 yil yanvar oyida Fransiyaning "Lans" klubidan "Manchester Siti"ga oʻtgan yosh oʻzbekistonlik himoyachi asta-sekin Angliya Premer-ligasi surʼatiga moslashdi va oʻtgan mavsumda Pep Gvardiolaning asosiy tarkibida oʻzini koʻrsatdi.

Angliyadagi bir yarim mavsum davomida Xusanov Manchester klubining himoya chizigʻining muhim qismiga aylandi va jamoa bilan birinchi yirik sovrinlarini qoʻlga kiritdi.

Himoyachi "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Nufuzli Transfermarkt portalining maʼlumotlariga koʻra, 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga yetgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid