platina.uz
Sport

Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti YeI sanksiyasiga uchradi

Arkadiy Dvorkovich shu sabab oʻz vakolatlarini toʻxtatib qoʻyishini eʼlon qildi. 

Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti YeI sanksiyasiga uchradi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Yevropa Ittifoqi sanksiyalari roʻyxatiga kiritilganidan soʻng oʻz vakolatlarini toʻxtatib qoʻyishini eʼlon qildi.

"Men FIDE prezidenti sifatidagi vakolatlarim va vazifalarimni darhol va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgunimcha toʻxtatib turishga qaror qildim", dedi Dvorkovich tashkilot veb-saytida chop etilgan bayonotda.

Yevropa Ittifoqining unga qarshi sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorini "adolatsiz va noqonuniy" deb bilishini taʼkidladi. Shuning uchun u qaror ustidan shikoyat qilish niyatini bildirdi.

FIDE vitse-prezidenti Vishvanatan Anand endi prezident vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid