platina.uz
Jamiyat

Subsidiya uchun arizalarni qabul qilish 27 iyuldan boshlanadi

​Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi shart. 

Subsidiya uchun arizalarni qabul qilish 27 iyuldan boshlanadi

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27 iyul kuni boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

​Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27 iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi.

​Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga koʻra 30 va undan yuqori ball toʻplashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos boʻlishi talab etiladi.

​Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi, shuningdek, oʻrtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida boʻlishi lozim.

​Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:

- Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;

- myGov mobil ilovasi;

- my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirish mumkin.

Subsidiya taqdim etuvchi banklar roʻyxati havolada keltirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid