Saida Mirziyoyeva Toshkentda yangi istirohat bogʻlari barpo etilishini shaxsan nazoratga oldi
Sayilgoh koʻchasi, Amir Temur shohkoʻchasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi bogʻ maydonlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva poytaxtda yangi istirohat bogʻlari barpo etilishini shaxsan nazoratga oldi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator muhim obʼektlarni koʻzdan kechirdi. Taʼkidlanishicha, yangi istirohat bogʻlarini barpo etish hamda atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirish poytaxt kelajagi uchun eng ustuvor vazifalardan biridir.

Afrosiyob koʻchasidagi bogʻda barcha emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoit yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh koʻchasi, Amir Temur shohkoʻchasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi bogʻ maydonlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish, odamlar mazmunli hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun imkon qadar koʻproq ochiq maydonlar yaratishdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish lozim”, - deb yozdi PA rahbari.

Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yoʻlida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishiladi.

