platina.uz
Siyosat

Dunyoning yetakchi siyosatchilari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kun bilan tabrikladi

Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, Italiya, Fransiya prezidentlari, AQShlik siyosatchilar, Xitoy, Rossiya hamda arab mamlakatlari liderlari va boshqalar bor. 

Dunyoning yetakchi siyosatchilari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kun bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida Oʻzbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish hamda davlatning mintaqadagi va xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasida erishilgan natijalarni yuksak baholagan.

Prezidentimizga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev,

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,

Yevropa kengashi Raisi Antoniu Koshta,

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorja Meloni,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay,

Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili,

Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Iroq Respublikasi Prezidenti Nizor Omidiy,

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Min Aun Xlayn,

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko,

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova,

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedev,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov,

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,

Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Senati aʼzosi Stiv Deyns,

Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi aʼzolari Jo Vilson, Trent Kelli, Kerol Miller, Bill Xayzenga va Jeyson Smit,

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Bosh kotibi Sergey Lebedev,

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Feridun Sinirliogʻlu,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Xon,

BMT Bosh kotibi oʻrinbosari – BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YuNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta,

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzo davlatlari Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati Raisi Bakitjan Sagintayev,

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) Bosh direktori Salim Al-Malik,

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo,

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti Odil Reno-Basso,

Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Prezidenti Marius Vizer,

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill,

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid