platina.uz
Jamiyat

Toshkentda giyohvand moddalar sotishda gumonlangan xorijliklar ushlandi

Uch nafar Ukraina fuqarolari yashaydigan uylar tekshirilganda “zakladka” tarzida tarqatish uchun kichik boʻlaklarda tayyorlab qoʻyilgan narkotik moddalar borligi maʼlum boʻlgan. 

Toshkentda giyohvand moddalar sotishda gumonlangan xorijliklar ushlandi

Toshkent shahrida narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullangan xorijliklar ushlandi.

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi xorij fuqarolari qoʻlga olindi.

Xususan, joriy yilning 12 iyun kuni mamlakatimizga kelgan Ukraina davlatining 1994, 1997 va 2001 yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqarosi vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ikkita xonadon xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, poytaxtning turli manzillarida “zakladka” tarzida tarqatish uchun kichik boʻlaklarda tayyorlab qoʻyilgan narkotik moddalar borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, ular “gashish”, “mefedron” va “alfa-PVP” giyohvandlik vositalari hisoblanib, umumiy ogʻirligi 1 kg 945 gr.ni tashkil etadi.

Shuningdek, internet narkodoʻkon tashkilotchilari tomonidan mazkur chet el fuqarolariga kelgusida qayta qadoqlab, poytaxt hududida tarqatishlari uchun xufiya joyda qoldirilgan jami 460 gr “mefedron” va “alfa-PVP” ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid