platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev jarimalarni tanqid qildi

Prezidentga koʻra, masʼullar jarimalarni kamaytirish boʻyicha takliflar berishi kerak, ularning ongi va tafakkuri oʻzgarishi lozim. 

Shavkat Mirziyoyev jarimalarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga qoʻllanilayotgan jarimalarni keskin tanqid qildi.

"322 yoʻnalishda moliyaviy jarima qoʻllash vakolati bor. Endi savol tugʻiladi: qaysidir rahbar jarimaning tadbirkor faoliyatiga taʼsirini oʻrganyaptimi?

Biz jarima solganimiz, ishlatmay qoʻyganimiz bilan qancha odam ishsiz qolyapti, qancha eksport boʻlmayapti?" —deya savol qoʻydi davlat rahbari.

Prezidentga koʻra, masʼullar jarimalarni kamaytirish boʻyicha takliflar berishi kerak, ularning ongi va tafakkuri oʻzgarishi lozim.

Avvalroq Prezident hokimlarni inflyatsiya boʻyicha jiddiy tanqid qilgandi.

Viloyat hokimlari yil boshida inflyatsiyani 3 foizdan oshirmaslikka vaʼda bergan, ammo Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovdan boshqa bironta rahbar bunga erisha olmagan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid