Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari va Xonobod shahri hokimiga hayfsan berildi
Ular viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlashda kamchilikka yoʻl qoʻygan.

Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari sa Xonobod shahri hokimiga hayfsan berildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimining 2026 yil 23 iyuldagi farmoyishida aytiladi.
Hujjatga koʻra, Toʻlanov Akmaljon Maxammatumarovich — viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi;
Abduraxmonov Elyorbek Inomidinovich — Xonobod shahar hokimi jazolandi.
Ularga Andijon viloyatining joriy yil I yarim yilligi yakunlari boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari uchun jazo berilgan.
Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Saidovga yuklatilgan.
