platina.uz
Iqtisod

Toshkent viloyatida qariyb yarim mlrd dollarlik 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi

 Ushbu obʼektlar ishga tushishi natijasida 5 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish sifati yaxshilanadi.

Toshkent viloyatida qariyb yarim mlrd dollarlik 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi

Joriy yilda Toshkent viloyatining raqamli xizmatlar eksporti ilk bor 50 million dollarga yetishi kutilmoqda. Hududning mavjud salohiyatini yanada kengaytirish uchun Nurafshon va Chirchiq shaharlarida zamonaviy IT-park binolari qurilishiga ham start berilmoqda.

– Uzoqni koʻzlab, chin dildan amalga oshirayotgan ortga qaytmas islohotlarimiz Yangi Oʻzbekiston bunyodkori boʻlgan yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor boʻladi. “Raqamli Oʻzbekiston” avlodlarimizga bizdan munosib meros boʻlib qoladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Kelajak texnologiyalari markazi Toshkent viloyatining sunʼiy intellekt va raqamlashtirish markaziga, yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshiradigan, isteʼdod va qobiliyatini yuzaga chiqaradigan zamonaviy majmuaga aylanishi taʼkidlandi.

Shuningdek, marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar boʻlgan 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi.

Ushbu obʼektlar ishga tushishi natijasida 5 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish sifati yaxshilanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid